Ushbu siyosat JoyBor qanday maʼlumotlarni yigʻishini, nima uchun yigʻishini va ularni qanday boshqarishingiz mumkinligini tushuntiradi. U JoyBor mobil ilovasi va joyborapp.uz sayti uchun amal qiladi.
Maʼlumotlarni kim qayta ishlaydi
Shaxsga doir maʼlumotlar operatori — «FIND PLACE» MChJ, STIR 311 457 294, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sugdiyona MFY, Sugdiyona koʻchasi, 126-uy (Sergeli-4 mavzesi).
Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
Qanday maʼlumotlarni yigʻamiz
Ilovada:
- telefon raqami — SMS-kod orqali kirish uchun;
- ismingiz, agar uni koʻrsatgan boʻlsangiz;
- bronlar: maydon, sana, vaqt, summa, holat;
- toʻlov maʼlumotlari: summa, sana, fiskal chek raqami. Karta raqamini biz olmaymiz va saqlamaymiz — uni toʻlov tizimi qayta ishlaydi;
- texnik maʼlumotlar: qurilma modeli, ilova versiyasi va ilovadagi harakatlar — xatolarni topish va xizmatni yaxshilash uchun;
- qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan yozishmalar.
Saytda:
- maydon egasining arizasi: ismi, telefoni, maydon nomi, tumani, sport turlari;
- hisobni oʻchirish soʻrovi: telefon raqami;
- tanlangan til (cookie) va reklama havolalari belgilari (UTM) — tashrif davomida.
Nima uchun foydalanamiz
- hisobingizga kirishingiz va bron qilishingiz uchun;
- soʻrovingizni maydonga yetkazish va uning qarorini sizga xabar qilish uchun;
- toʻlovni amalga oshirish va fiskal chek berish uchun;
- murojaatlarga javob berish uchun;
- ilovani anonim statistika asosida yaxshilash uchun;
- qonun talablarini bajarish uchun.
Maʼlumotlarni kimga beramiz
- Siz band qilayotgan maydonga: ism, telefon raqami va bron maʼlumotlari — oʻyinni tasdiqlashi va kimni kutishini bilishi uchun.
- Toʻlov tizimiga: summa va bron maʼlumotlari — toʻlov, qaytarish va fiskal chek uchun.
- Xizmat ishlashini taʼminlovchi pudratchilarga: SMS yuborish, maʼlumotlarni saqlash, analitika. Ular faqat oʻz vazifasi uchun kerakli maʼlumotni oladi.
- Davlat organlariga — faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda.
Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va uchinchi shaxslar reklamasi uchun bermaymiz.
Maʼlumotlar qayerda va qancha saqlanadi
Maʼlumotlar JoyBor ilova va sayt ishlashi uchun foydalanadigan himoyalangan serverlarda saqlanadi. Maʼlumotlar saqlanadigan xizmatlar roʻyxati va ular joylashgan mamlakatlarni yordam xizmatiga murojaat qilsangiz, maʼlum qilamiz.
Hisob maʼlumotlari hisob mavjud ekan, saqlanadi. Hisob oʻchirilganda ular darhol oʻchiriladi. Toʻlovlar va fiskal cheklar haqidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi va soliqlar toʻgʻrisidagi qonunchiligi talab qilgan muddat saqlanadi.
Saytdan kelgan arizalar formalar xizmatida bir haftadan koʻp saqlanmaydi: yuklab olingach, oʻchiriladi.
Huquqlaringiz
Siz haqingizda qanday maʼlumotlar borligini bilishingiz, ularni tuzatishingiz, roziligingizni qaytarib olishingiz va hisobingizni oʻchirishingiz mumkin.
Hisobni ilovada oʻchirish mumkin: «Profil → Hisobni oʻchirish». Ilovasiz — saytdagi «Hisobni oʻchirish» sahifasida.
Boshqa soʻrovlar bilan qoʻllab-quvvatlash xizmatiga yozing.
Yosh
Toʻlovli bron — 18 yoshdan. Biz bolalar maʼlumotlarini ataylab yigʻmaymiz.
Saytdagi cookie va analitika
Sayt tanlangan tilni cookieʼda bir yil eslab qoladi. Reklama havolalari belgilari brauzerda faqat varaq yopilguncha saqlanadi. Tashriflar hisoblagichi anonim statistika yigʻadi: qaysi sahifalar ochilgani va qaysi tugmalar bosilgani — ism va telefonsiz.
Siyosatdagi oʻzgarishlar
Yangi tahrir sahifa yuqorisida koʻrsatilgan sanadan kuchga kiradi. Muhim oʻzgarishlar haqida ilovada xabar beramiz.
Aloqa
Telegram @UzJoyBor, har kuni 12:00–00:00.
«FIND PLACE» MChJ, STIR 311 457 294, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sugdiyona MFY, Sugdiyona koʻchasi, 126-uy (Sergeli-4 mavzesi).