Ushbu shartlar — JoyBor ilovasi va joyborapp.uz saytidan foydalanish qoidalari. Ilovada roʻyxatdan oʻtib, siz ularni qabul qilasiz.
Tomonlar
JoyBor xizmatini «FIND PLACE» MChJ, STIR 311 457 294, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sugdiyona MFY, Sugdiyona koʻchasi, 126-uy (Sergeli-4 mavzesi) (bundan buyon — JoyBor) taqdim etadi.
Foydalanuvchi — ilovada roʻyxatdan oʻtgan shaxs (bundan buyon — siz).
Maydon — oʻz jadvalini JoyBorʼda joylashtiradigan sport maydoni, korti yoki klubi egasi.
JoyBor nima qiladi
JoyBor — agregator va axborot vositachisi. U maydonlarning boʻsh vaqti va narxini koʻrsatadi va soʻrovingizni maydonga yetkazadi. Oʻyinni maydon oʻtkazadi: maydon, jihozlar va joyidagi tartib uchun u javob beradi.
Bron summasi toʻlovini Click toʻlov operatori amalga oshiradi. JoyBor karta maʼlumotlaringizni olmaydi va saqlamaydi.
Hisob
Kirish — telefon raqami va SMS-kod orqali. Hisobingizdan faqat siz foydalanishingiz uchun siz javobgarsiz.
Toʻlovli bron — 18 yoshdan. Oʻyinchilarni maydonga kiritish qoidalarini maydon egasi belgilaydi.
Bron qanday oʻtadi
- Maydon, kun va vaqtni tanlab, soʻrov yuborasiz.
- Maydon soʻrovni tasdiqlaydi yoki rad etadi.
- Tasdiqlangach, bron summasi kartangizdan avtomatik yechiladi. Toʻlov summasiga fiskal chek beriladi.
- Bron summasi narxdan kam boʻlsa, qolganini oʻyin kuni joyida toʻlaysiz.
Ilovadagi soat narxi — maydonni toʻgʻridan-toʻgʻri band qilgandagidek. Sizdan xizmat haqi olinmaydi.
Bekor qilish va qaytarish
Tasdiqlanguncha soʻrovni bekor qilishingiz mumkin. Toʻlangan vaqt sizga biriktiriladi: bron summasi faqat maydon oʻyinni bekor qilsa yoki fors-major boʻlsa qaytariladi.
Qaytarilgan summa toʻlov qilingan kartaga bir martada tushadi. Tushish muddati bankka bogʻliq — odatda 5 kungacha.
Maydondagi qoidalar
Vaqtida keling va maydon qoidalariga rioya qiling. Bronni pullik qayta sotish yoki boshqaga berish mumkin emas.
Javobgarlik
JoyBor («FIND PLACE» MChJ) quyidagilar uchun javobgar emas:
- maydon oʻyinchilarga koʻrsatadigan xizmatlarning sifati, oʻz vaqtida va toʻliq koʻrsatilishi uchun;
- Click va boshqa toʻlov operatorlarining harakatlari, qarorlari, tariflari, ishlov berish muddatlari va boshqa shartlari uchun;
- banklar, mobil aloqa operatorlari, xosting-provayderlarning harakatlari, internetdagi uzilishlar va «FIND PLACE» MChJ nazoratidan tashqaridagi boshqa infratuzilma uchun;
- har qanday holatda maydonning boy berilgan foydasi, obroʻsiga yetgan zarar, bilvosita va egri zarari uchun;
- yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) uchun.
Nizolar
Nizolarni muzokara orqali hal qilamiz: qoʻllab-quvvatlash xizmatiga yozing. Kelishib boʻlmasa, nizo Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Shartlardagi oʻzgarishlar
Yangi tahrir sahifa yuqorisida koʻrsatilgan sanadan kuchga kiradi. Muhim oʻzgarishlar haqida ilovada xabar beramiz.
Aloqa va rekvizitlar
Telegram @UzJoyBor, har kuni 12:00–00:00.
«FIND PLACE» MChJ, STIR 311 457 294, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sugdiyona MFY, Sugdiyona koʻchasi, 126-uy (Sergeli-4 mavzesi).