Kechqurun yoritilgan futbol maydoni
Maydon egalari uchun

Soʻrovlar — Telegramda.Tasdiqlash — bir bosishda.

Oʻyinchi ilovada soʻrov yuboradi, siz botda bir bosishda tasdiqlaysiz — bron summasi darhol uning kartasidan yechiladi. Bron summasi miqdorini oʻzingiz belgilaysiz.

Ariza qoldirish yoki qoʻngʻiroq qiling: +998 97 741 58 32
JoyBormaydon boti Demo
Yangi soʻrov
Oʻyinchi
Sardor
Maydon
1-maydon
Vaqt
Juma, 20:00–22:00
Narx
500 000 soʻm
Bron summasi
100 000 soʻm
Joyida
400 000 soʻm

Namuna: tugmani bosing va keyingi qadamni koʻring

Hisob-kitob

Bitta bron misolida

Narx, davomiylik va bron summasini tanlang — har bir soʻm qayerga borishini koʻring.

Soatlik narx, soʻm
Davomiylik
20%

Bron summasi qancha katta boʻlsa, oʻyinchi kelmay qolganda xavf shuncha kam.

Bron narxi
500 000 soʻm
Bron summasi — onlayn
100 000 soʻm
Xizmat haqi — 10%Click 2 000 + JoyBor 48 000
−50 000 soʻm
Click orqali sizga · 5 kungacha
50 000 soʻm
Joyida olasiz
400 000 soʻm
Jami sizga — 90%450 000 soʻm

Oʻyinchi kelmasa: onlayn toʻlangan 100 000 soʻm sizda qoladi, joyidagi 400 000 soʻm olinmaydi.

Hisob misol uchun. Aniq shartlar — shartnomada.

Qanday ishlaydi

Toʻrt qadam — tashvishsiz

  1. Soʻrov keladi

    Telegramda: kim, qachon, qaysi maydon va qancha.

  2. Bir bosishda tasdiqlaysiz

    Band boʻlsa — sababini tanlab rad etasiz.

  3. Bron summasi oʻzi yechiladi

    Tasdiqlashingiz bilan — oʻyinchi kartasidan, fiskal chek bilan.

  4. Oʻyinchi keladi

    Qolganini joyida olasiz. Kelmasa — bron summasi sizda qoladi.

Telefon orqali bronlarni ham shu botga kiritasiz — bepul. Jadval bitta, bir vaqt ikki marta sotilmaydi.

Nima olasiz

Maydoningiz uchun

Ilovadagi yangi mijozlar

Maydoningiz kartochkasi: suratlar, narx va boʻsh vaqt. Oʻyinchi qoʻngʻiroqsiz soʻrov yuboradi.

Oʻz bronlaringiz uchun bot — bepul

Telefon va joyida kelishilgan bronlarni shu botga kiritasiz. Ular uchun komissiya yoʻq, ikki marta band qilish ham yoʻq, hisobotda esa butun bandlik koʻrinadi.

Ilova Oflayn Boʻsh

Pul — toʻgʻridan-toʻgʻri hisobingizga

Click har bir onlayn toʻlovdan ulushingizni 5 kungacha hisobingizga oʻtkazadi. Pul JoyBor hisobidan oʻtmaydi.

Fiskal chek — avtomatik

Har bir onlayn toʻlovga fiskal chek shakllantiriladi — bu toʻlovlar boʻyicha soliqdan savol boʻlmaydi.

Har hafta — hisobot

Haftalik tushum, eng band kunlar va soatlar — ilovadagi va oʻzingizning bronlaringiz boʻyicha. Boʻsh soatlarni toʻldirish uchun qachon chegirma berishni koʻrasiz.

Ulanish

Arizadan birinchi bronchacha

  1. Ariza

    Shu sahifada yoki telefon orqali.

  2. Uchrashuv

    Botni koʻrsatamiz, shartlarni tushuntiramiz.

  3. Shartnoma

    Stavka, toʻlovlar va qoidalar — yozma.

  4. Sozlash

    Kartochka, jadval, narxlar va bot.

  5. Birinchi bron

    Sinov soʻrovi bilan tekshiramiz va joyingizni ilovada koʻrsatamiz.

Ulangan joylar

Bizga allaqachon ulangan

Toshkentdagi 25 ta joy: futbol, basketbol, voleybol, tennis va bilyard.

  • Express arena Chilonzor-20
  • Express arena Chigʻatoy
  • Express arena Nabief
  • Express Arena 115 maktab
  • Lokomotiv - futbol
  • BEST STADIUM - 184 maktab
  • Prestige tennis cort
  • American pool - Parkent
Savollar

Egalarning savollari

  • JoyBor boʻsh qolgan soatlarni sotishga yordam beradi va qoʻngʻiroqlar oʻrnini bosadi.

  • 10% — faqat JoyBor olib kelgan va toʻlangan bronlardan, faqat soatlar narxidan. Har bir shunday bron uchun oʻyinchi bron summasini oldindan toʻlaydi; kelmasa, u sizda qoladi.

  • Telegramda bitta tugma. Kartochka, jadval, narxlar va botni siz bilan birga sozlaymiz.

  • Bepul. Telefon va joyida kelishilgan bronlarni bepul kiritasiz; komissiya faqat ilovadagi toʻlangan bronlardan olinadi.

  • Har bir onlayn toʻlovga fiskal chek avtomatik shakllantiriladi, shuning uchun bu toʻlovlar boʻyicha soliqdan savol boʻlmaydi. Har hafta tushum va bandlik boʻyicha hisobot olasiz.

  • Tasdiqlashingiz bilan bron summasi oʻyinchi kartasidan darhol yechiladi; uning miqdorini — narxning 10% dan 100% gacha — oʻzingiz tanlaysiz. Oʻyinchi toʻlangan bronni bekor qila olmaydi; kelmasa, bron summasi sizda qoladi. Joyida toʻlanadigan qism xavfi sizda: bron summasi qancha katta boʻlsa, xavf shuncha kam. Pul oʻyinchiga faqat siz bekor qilsangiz qaytariladi — bu summani Click keyingi toʻlovlaringizdan ushlab qoladi.

  • Click har bir onlayn toʻlovdan ulushingizni 5 kungacha toʻgʻridan-toʻgʻri hisobingizga oʻtkazadi; pul JoyBor hisobidan oʻtmaydi. Qolganini oʻyinchi joyida toʻlaydi.

  • Yoʻq. Eksklyuzivlik shart emas: JoyBor — qoʻshimcha kanal.

Ariza

Ariza qoldiring

Qoʻngʻiroq qilib, uchrashuv vaqtini kelishib olamiz.

+998 97 741 58 32
Sport turlari
Maxfiylik siyosati
Ariza qoldirish